Guruhning nomenklaturadagi nomi: Sabzavotlar, mevalar, yong'oqlar yoki o'simliklar yoki ularning boshqa qismlarini qayta ishlashdan tayyorlangan mahsulotlari.
IV bo'limga izohlar
Izoh:
1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p
bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.
20-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Bu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:
(a) 07, 08 yoki 11-guruhlarda ko'rsatilgan usullar yordamida tayyorlangan yoki konservalangan sabzavotlar, mevalar yoki yong'oqlar;
(b) o'simlik moylari va yog'lar (15-guruh);
(v) 20% massaga nisbatan ortiq kolbasa, go'sht, go'sht yarim mahsulotlari, qon, hasharotlar, baliqlar yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va boshqa umurtqasiz suv hayvonlari yoki har qanday ushbu mahsulotlar kombinatsiyalarini o'zida tutgan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari (16-guruh);
(g) non, unli konditer mahsulotlari va 1905-tovar pozitsiyasidagi boshqa mahsulotlar;
(d) 2104-tovar pozitsiyasidagi tayyor oziq-ovqat mahsulotlarining gomogenlangan tarkibiy qismlari.
2. 2007 va 2008-tovar pozitsiyalariga mevali jelesi, mevalar pastasi, shakarlangan bodom yoki qandolat mahsuloti ko'rinishidagi shunga o'xshash (1704-tovar pozitsiyasi) yoki shokoladli qandolat mahsulotlari (1806-tovar pozitsiyasi) kiritilmaydi.
3. 2001, 2004 va 2005-tovar pozitsiyalariga faqat 1 (a) izohida ko'rsatilgan usullardan farqli ravishda tayyorlangan yoki konservalangan 07-guruh yoki 1105 yoki 1106-tovar pozitsiyalari (faqat nozik va dag'al maydalash orqali olingan kukun hamda 08 guruh mahsulotlari kukunidan tashqari) mahsulotlari kiritiladi.
4. Tarkibida 7% yoki undan ko'p quruq modda tutgan pomidor sharbati 2002-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
5. 2007-tovar pozitsiyasida “issiqlik bilan ishlov berish natijasida olingan” iborasi atmosfera bosimi yoki pasaytirilgan bosim ostida issiqlik bilan ishlov berish yo'li bilan suv miqdorini kamaytirish yoki boshqa sababdan mahsulot qovushqoqligini oshirish maqsadida olingan mahsulotlarni anglatadi.
6. 2009-tovar pozitsiyasida “achitilmagan va tarkibiga spirt qo'shilmagan sharbatlar” iborasi tarkibida spirt 0,5% hajmdan ko'p bo'lmagan sharbatlarni anglatadi (22-guruhning 2-izohiga qarang).
Subpozitsiyalarga izoh:
1. 2005 10-subpozitsiyadagi “gomogenlangan sabzavotlar” iborasi o'ta maydalangan va qadoqlangan sabzavotlardan, ilk yoshdagi bolalar uchun yoki parhez taomlanish uchun mo'ljallangan, og'irligi 250 g ko'p bo'lmagan qadoqlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatida chakana savdoda sotish uchun mo'ljallangan tayyor mahsulotlarni anglatadi. Bunda ushbu mahsulotlarga ziravor, konservant yoki boshqa maqsadlarda oz miqdorda qo'shilgan har qanday ingrediyentlar e'tiborga olinmaydi. Bu mahsulotlar tarkibida sabzavotlarning ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan kichik bo'laklari bo'lishi mumkin. 2005 10-subpozitsiya 2005-tovar pozitsiyasida birinchi darajali ustunlikka ega.
2. 2007 10 subpozitsiyada “gomogenlangan tayyor mahsulotlar” iborasi o'ta maydalangan va qadoqlangan mevalardan, ilk yoshdagi bolalar uchun yoki parhez taomlanish uchun mo'ljallangan, og'irligi 250 g ko'p bo'lmagan qadoqlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatida chakana savdoda sotish uchun mo'ljallangan tayyor mahsulotlarni anglatadi. Bunda ushbu mahsulotlarga ziravor, konservant yoki boshqa maqsadlarda oz miqdorda qo'shilgan har qanday ingrediyentlar e'tiborga olinmaydi. Bu mahsulotlar tarkibida mevalarning ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan kichik bo'laklari bo'lishi mumkin. 2007 10 subpozitsiyasida 2007 tovar pozitsiyasida birinchi darajali ustunlikka ega.
3. 2009 12, 2009 21, 2009 31, 2009 41, 2009 61 va 2009 71 subpozitsiyalarda “Briks raqami” iborasi Briks areometrida bevosita hisoblangan areometrik graduslar soni yoki refraktometrda aniqlangan sindirish ko'rsatkichi bo'lib, 20oS haroratda yoki boshqa haroratda o'lchangan bo'lsa, 20oS ga qayta hisoblangan saxarozaning foizlarda ifodalangan miqdori tushuniladi.
Qo'shimcha izohlar:
1. 2001 tovar pozitsiyasida sirka yoki sirka kislota qo'shib tayyorlangan yoki konservalangan sabzavotlar, mevalar, yong'oqlar va o'simliklarning boshqa iste'mol qilinishi mumkin bo'lgan qismlarida tarkibida sirka kislotaga qayta hisoblaganda 0,5% hajm yoki undan ko'p erkin uchuvchan kislotalar bo'lishi kerak. Bundan tashqari, 2001 90 500 0 podsubpozitsiyada qo'ziqorinlarda tuzning miqdori 2,5% massadan ko'p bo'lmasligi kerak.
2. (a) Ushbu guruhdagi mahsulotlarda saxaroza (shakar miqdori) sifatida ifodalangan turli xil shakarlarning miqdori refraktometrning 20°C dagi ko'rsatkichi quyidagi koeffitsiyentga ko'paytirilgan qiymatga to'g'ri keladi: – 0,93 – 200820 –200880, 200893, 200897 va 200899-subpozitsiyadagi mahsulotlar uchun – 0,95 – boshqa tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar uchun. Shu bilan birga, ushbu guruhning quyidagi mahsulotlarida saxaroza (shakar miqdori) sifatida ifodalangan turli xil shakarlarning miqdori: – 12-guruhda ko'rsatilganidan boshqa usullar bilan dengiz o'tlari va boshqa suv o'tlari asosida tayyorlangan yoki konservalash usullari bilan olingan mahsulotlar; – 0714-tovar pozitsiyasidagi kraxmal yoki inulin miqdori yuqori bo'lgan mariok, maranta, salep, yer noki yoki topinambur, shirin kartoshka yoki batat va shunga o'xshash ildiz va ildiz mevalaridan olingan mahsulotlar; – uzum (tok) barglaridan tayyorlangan mahsulotlar; yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (“YUSSX usuli”) yordamida olingan natijalar quyidagi formula yordamida qayta ishlash bilan olingan qiymatga mos keladi: S + (G + F) x 0,95, bu yerda: S – saxarozaning YUSSX usuli bilan aniqlangan miqdori; G – glyukozaning YUSSX usuli bilan aniqlangan miqdori; F – fruktozaning YUSSX usuli bilan aniqlangan miqdori;
(b) 2009 tovar pozitsiyasining subpozitsiyalarida keltirilgan “Briks raqami” refraktometrning 20oS dagi sonli ko'rsatkichiga mos keladi.
3. 20 – 2008 80, 2008 93, 2008 97 va 2008 99-subpozitsiyalaridagi mahsulotlar, agar ulardagi “shakar miqdori” meva turiga yoki o'simlikning iste'mol qilinadigan qismiga qarab, massa bo'yicha quyida ko'rsatilgan foizdan oshsa, shakar qo'shilgan deb hisoblanadi: – ananaslar va uzum: 13%, – boshqa mevalar, shu jumladan, mevalarning aralashmalari va o'simliklarning oziq-ovqatga qo'shiladigan boshqa qismlari: 9%.
4. Ushbu 2008301100–2008303900, 2008401100–2008403900, 2008501100–2008505900, 2008601100–2008603900, 2008701100–2008705900, 2008801100–200880 3900, 2008931100– 200893 2900, 200897 1200 – 200897 3800i 2008991100–200899 4000-podsubpozitsiyalarda quyidagi iboralar quyida keltirilgan ma'nolarga ega: – “spirtning miqdor bo'yicha haqiqiy konsentratsiyasi” – 100 kg mahsulot tarkibidagi toza spirtning kilogramm soni; – “mas.%” – spirt konsentratsiyasining miqdordagi ifodasi.
5. Quyidagilar taqdim etilgan mahsulotlarga qo'llanilishi lozim:
(a) 2009-tovar pozitsiyasidagi mahsulotlarda qo'shilgan shakar miqdori sharbat turiga qarab “shakar miqdori”dan quyida ko'rsatilgan raqamni ayirilgan qiymatiga mos keladi: – limon yoki pomidor sharbati: 3, – uzum sharbati: 15, – Boshqa meva, yong'oq yoki sabzavot sharbatlari, shu jumladan, sharbat aralashmalari: 13;
(b) Mevalardan yoki konsentrlangan sharbatni suyultirish orqali olingan, shakar qo'shilgan, Briks soni 67 dan yuqori bo'lmagan va tarkibida 50% miqdordan kam tabiiy holatdagi meva sharbati bo'lgan meva sharbatlari 2009-tovar pozitsiyasidagi o'zining birlamchi meva sharbatlari xossalarini yo'qotadi. 5 (b) qo'shimcha izohi konsentrlangan tabiiy meva sharbatlariga qo'llanilmaydi. Shuning uchun konsentrlangan tabiiy meva sharbatlari 2009 tovar pozitsiyasidan chiqarib tashlanmaydi.
6. 200969 510 va 200969 7100-podsubpozitsiyalarda “konsentrlangan uzum sharbati (shu jumladan tozalanmagan uzum sharbati)” atamasi refraktometrdagi ko'rsatkichi 20oS haroratda 50,9% dan kam bo'lmagan uzum sharbatini (shu jumladan, tozalanmagan uzum sharbati) anglatadi.
7. 2001909200, 2006003500, 2006009100, 20071091, 2007999300, 2008970300, 2008970500, 2008971200, 2008971600, 2008973200, 2008973600, 2008975100, 2008977200, 2008977600, 2008979200, 2008979400, 2008979700, 2008992400, 2008993100, 2008993600, 2008993800, 2008994800, 2008996300, 2009893400, 200989360, 200989730, 2009898500, 2009898800, 2009899700, 2009909200, 2009909500 va 2009909700-podsubpozitsiyalarda “tropik mevalar” atamasi guayyava, mango, mangostan yoki garsiniya, papaya, tamarind, anakardiya, yoki lichi, jekfrut, sapodilla, passiflora, yoki strastotsvet, karambola, pitaya mevalarini anglatadi.
8. 2001909200, 2006003500, 2006009100, 2007999300, 2008191200, 200819920, 2008970300, 2008970500, 2008971200, 200897 1600, 2008973200, 2008973600, 200897 5100, 2008977200, 2008977600, 2008979200, 2008979400, 2008979700-podsubpozitsiyalarda “tropik yong'oqlar” atamasi kokos yong'oqlari, keshyu yong'oqlari, braziliya yong'oqlari, areka (betel) yong'oqlari, kola yong'oqlari va makadamiya yong'oqlarini anglatadi.
9. Pishirish, qovurish, ziravorlar yoki shakar qo'shish kabi 12-guruhda ko'rsatilgan usullardan boshqa usullar bilan tayyorlangan yoki konservalangan dengiz va boshqa suv o'tlari 20-guruhga o'simliklarning boshqa qismlaridan olingan mahsulotlar sifatida kiritiladi. Barra, sovutilgan, muzlatilgan yoki quritilgan, maydalangan yoki maydalanmagan dengiz o'tlari va boshqa suv o'tlari 1212-pozitsiyaga kiritiladi.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.