TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 19-guruh: Boshoqli donlar, un, kraxmal yoki sutdan tayyorlangan mahsulotlar

Guruhga izohlar, 1901–1905 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Boshoqli donlar, un, kraxmal yoki sutdan tayyorlangan mahsulotlar; undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari.

IV bo'lim. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari; alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va uksus (sirka); tamaki va sanoatda uning o'rnini bosuvchilar; tarkibida nikotin bo'lgan yoki bo'lmagan, nafas olish uchun mo'ljallangan yondirilmaydigan mahsulotlar; tarkibida nikotin bo'lgan va nikotinni inson organizmiga qabul qilish uchun mo'ljallangan boshqa mahsulotlar

IV bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p

bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

19-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) tarkibi massa ulushidan 20 % ortiq kolbasa, go'sht, go'shtli submahsulotlar, qon, hasharotlar, baliq yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasizlar yoki bu mahsulotlarning har qanday ko'rinishlari (16-guruh), 1902-tovar pozitsiyasidagi nachinkali tayyor oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno;

(b) quruq pechenye yoki boshqa un hamda kraxmaldan tayyorlangan mahsulotlar, hayvonlar uchun maxsus tayyorlangan ozuqalar (2309-tovar pozitsiyasi); yoki

(v) dori vositalari yoki boshqa mahsulotlar 30-guruh

2. 1901-tovar pozitsiyasida:

(a) “yorma” iborasi 11-guruhdagi boshoqli don yormalarini anglatadi;

(b) “mayda tortilgan un” va “Yirik tortilgan un” iborasi quyidagilarni anglatadi: (1) 11-guruhdagi boshoqli donlardan mayda va yirik tortilgan un. (2) mayda va yirik tortilgan un hamda har qanday guruhdagi o'simlikdan kukun, mayda va yirik tortilgan un yoki quritilgan sabzavotlar kukuni (0712-tovar pozitsiyasi), kartoshka (1105-tovar pozitsiyasi) yoki quritilgan dukkakli sabzavotlar (1106-tovar pozitsiyasi)dan tashqari.

3. 1904-tovar pozitsiyasiga tarkibi to'liq yog'sizlantirish asosida hisoblangan massa ulushi 6 % dan ortiq kakao bo'lgan va to'liq qiyomli shokolad yoki tarkibi kakaoli boshqa oziq-ovqat mahsulotlar (1806-tovar pozitsiyasi) kirmaydi.

4. 1904-mahsulot pozitsiyasida “boshqa usulda tayyorlangan” iborasi 10 yoki 11-guruhlar izohida yoki ko'rsatilgan tovar pozitsiyasida maxsus pazandalik ishlovidan o'tkazilgan mahsulotlarni anglatadi.

Qo'shimcha izohlar:

1. “Quruq shirin pechenye” iborasi 1905 31-subpozitsiyada faqat massa ulushi 12 % dan ortiq bo'lmagan namlik va massa ulushi 35 % dan ortiq bo'lmagan yog'li mahsulotlarga taalluqlidir (ichini to'ldirish va bu ko'rsatkichlarni aniqlashda qoplamalar hisobga olinmaydi).

2. 1905 90 200 0-subpozitsiyada faqat quruq va mo'rt, uvalanadigan mahsulotlar kiritiladi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.