TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 18-guruh: Kakao va kakaodan tayyorlangan mahsulotlar

Guruhga izohlar, 1801–1806 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Kakao va kakaodan tayyorlangan mahsulotlar.

IV bo'lim. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari; alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va uksus (sirka); tamaki va sanoatda uning o'rnini bosuvchilar; tarkibida nikotin bo'lgan yoki bo'lmagan, nafas olish uchun mo'ljallangan yondirilmaydigan mahsulotlar; tarkibida nikotin bo'lgan va nikotinni inson organizmiga qabul qilish uchun mo'ljallangan boshqa mahsulotlar

IV bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p

bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

18-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, tarkibida massa ulushi 20 % dan ko'p kolbasa, go'sht, go'shtli yarim mahsulotlar, qon, hasharotlar, baliq yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasizlar yoki ushbu mahsulotlarning tarkibi har qanday kombinatsiyasini o'z ichiga olgan tovarlar (16-guruh);

(b) 0403, 1901, 1902, 1904, 1905, 2105, 2202, 2208, 3003 yoki 3004-tovar pozitsiyasidagi tayyor mahsulotlar.

2. 1806-tovar pozitsiyasiga tarkibida kakao bo'lgan qandli qandolat mahsulotlari va ushbu guruhning 1-izohida keltirilgan qoidalariga rioya qilgan holda, kakao qo'shilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari kiradi.

Qo'shimcha izoh:

1. 1806 90 110 0 va 1806 90 190 0 subpozitsiyaga bir turdagi shokoladdan tayyorlangan shokoladli konfetlar kirmaydi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.