Guruhning nomenklaturadagi nomi: Shakar va shakardan tayyorlangan qandolat mahsulotlari.
IV bo'limga izohlar
Izoh:
1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p
bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.
17-guruhga izohlar
Izoh:
1.Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:
(a) tarkibida kakao bo'lgan qandolat mahsulotlari (1806-tovar pozitsiyasi);
(b) kimyoviy jihatdan toza qandlar (saxaroza, laktoza, maltoza, glyukoza va fruktozadan tashqari) yoki 2940-pozitsiyadagi boshqa mahsulotlar; yoki
(v) 30-guruhdagi dori vositalari yoki boshqa mahsulotlar.
Subpozitsiyalarga izohlar:
1.1701 12, 1701 13 va 1701 14-subpozitsiyalari uchun “shakar xomashyosi” atamasi polarimetr bilan o'lchanadigan quruq saxaroza miqdori 99,5° dan kam bo'lgan shakarni anglatadi.
2.1701 13-subpozitsiyasiga faqat shakar qamishidan sentrafugalashsiz olingan, quruq moddalar bo'yicha hisoblangan saxarozaning massa ulushi, polarimetr ko'rsatkichining harorati 69° va undan ortiq, lekin harorati 93° dan kam bo'lgan mahsulotlar kiradi. Mahsulot tarkibida oddiy ko'zga ko'rinmaydigan, melas qoldiqlari va shakarqamishning boshqa tarkibiy qismlari bilan o'ralgan, tartibsiz shakldagi tabiiy ksenomorf mikrokristallargina mavjud.
Qo'shimcha izohlar:
1.1701 12 100, 1701 12 900, 1701 13 10, 1701 13 90, 1701 14 10 va 1701 14 90-subpozitsiyalari uchun “shakar xom ashyosi” atamasi shakar yoki boshqa xushbo'ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo'shimchalarsiz tushuniladi. Quruq holatda saxaroza polarimetrik usul bilan aniqlanganda 99,5 mas. % dan kam.
2.1701 99 100-podsubpozitsiyada “oq qand” atamasi aromatizatorsiz, rang beruvchi yoki boshqa qo'shimchalarsiz shakarni bildiradi, unda quruq holatda saxaroza miqdori polarimetrik usul bilan aniqlanadigan og'irlik bo'yicha 99,5 mas. % yoki undan ortiq bo'ladi.
3.1702 30 100, 1702 40 100, 1702 60 100 va 1702 90 300-podsubpozitsiyada “izoglyukoza” atamasi glyukoza yoki uning polimerlaridan olingan va tarkibida fruktoza og'irligi bo'yicha kamida 10% quruq holatda bo'lgan mahsulotni anglatadi.
4.“Inulin siropi” degani:
(a) 1702 60 800-podsubpozitsiyada inulin yoki oligofruktoza gidrolizining bevosita mahsuloti quruq holatda, bo'sh holatda yoki saxaroza shaklida fruktoza og'irligining 50% dan ko'prog'ini o'z ichiga oladi;
(b) 1702 90 800-podsuyubpozitsiyada inulin yoki oligofruktoza gidrolizining to'g'ridan-to'g'ri mahsuloti quruq holatda og'irlik bo'yicha kamida 10%, lekin og'irligi bo'yicha 50% dan ko'p bo'lmagan fruktoza erkin holatda yoki saxaroza.
5.Ushbu guruhdagi subpozitsiyalarning nomlarida yil davrlari ko'rsatilgan deklaratsiyaning ro'yxatdan o'tkazish sanasi ushbu davrlarga to'g'ri keladigan mahsulotlarni o'z ichiga oladi.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.