Guruhning nomenklaturadagi nomi: Go'sht, baliq, qiskichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar yoki hasharotlardan tayyorlangan mahsulotlar.
IV bo'limga izohlar
Izoh:
1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p
bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.
16-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga 02 yoki 03-guruhlar, 04-guruhning 6 - izohida yoki 0504 - tovar pozitsiyasining ko'rsatilgan usullar bilan tayyorlangan yoki konservalangan go'sht, go'sht mahsulotlari, baliq, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasizlar hamda hasharotlar kirmaydi.
2. Ushbu guruhga tayyor oziq-ovqat mahsulotlari kiradi, agar ular tarkibida kolbasa, go'sht, go'shtning yarim mahsulotlari, qon, hasharotlar, baliq yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar og'irlik bo'yicha 20% dan ortiq bo'lsa. Agar tayyor mahsulot tarkibida yuqorida ko'rsatilgan ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlar mavjud bo'lsa, ular og'irligi bo'yicha miqdori ko'p bo'lgan komponent yoki tarkibiy qismlarga ko'ra16–guruhda tasniflanadi. Ushbu qoidalar 1902-tovar pozitsiyasining nachinkali mahsulotlariga yoki 2103 yoki 2104-tovar pozitsiyalarining tayyor mahsulotlariga taalluqli emas.
Subpozitsiyalarga berilgan izohlar:
1. 1602 10-subpozitsiyada “bir xil tarkibli tayyor ovqatlar” atamasi go'sht, go'shtning yarim mahsulotlari, qon yoki hasharotlardan tayyorlangan, mayda maydalangan, ilk yoshdagi bolalar uchun uchun yoki parhez ovqatlanish uchun mo'ljallangan oziq-ovqat sifatida chakana savdoga chiqarilgan, sof og'irlikdagi o'ramlarda 250 g dan ko'p bo'lmagan qadoqlarda tayyorlangan mahsulotlarni anglatadi. Bu tayyor mahsulotlarga ziravorlar, konservantlar yoki boshqa maqsadlarda qo'shilgan har qanday ingrediyentlarning oz miqdorini hisobga olmaydi. Ushbu tayyor mahsulotlar oz miqdorda ko'zga ko'rinadigan darajada go'sht bo'lagi, go'sht submahsulotlari yoki hasharotlarni o'z ichiga olishi mumkin. Ushbu subpozitsiyada 1602-tovar pozitsiyasi barcha boshqa subpoziyatsiyalariga nisbatan ustunlikka ega.
2. 1604 yoki 1605-pozitsiyadagi baliqlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va boshqa suvda yashovchi umurtqasizlari faqat ularning umumiy nomlari ostida sanab o'tilgan va 03-guruhda xuddi shu nomlarida ko'rsatilgan turlar bilan bir xildir.
Qo'shimcha izohlar:
1. 1602 31 110 0, 1602 32 110 0, 1602 39 210 0, 1602 50 100 0 va 1602 90 610 0 podsubpozitsiyalarida “xom” atamasi hech qanday issiqlik yo'li bilan ishlov berilmagan yoki issiqlik bilan ishlov berilgan mahsulotlarga nisbatan, go'sht oqsillari butun mahsulot bo'ylab ivish sodir bo'lmagan, shuningdek, 1602 50 100 0 va 1602 90 610 0 podsubpozitsiyalarida mahsulot o'tadigan chiziq bo'ylab kesilganda, uning eng qalin qismi, kesilgan yuzasida pushti rangli suyuqlik izlari topiladi.
2. 1602 41 100, 1602 42 100 va 1602 49 110 dan 1602 49 150 gacha bo'lgan podsubpozitsiyalar uchun "ularning kesilgan qismi" atamasi faqat biriktiruvchi mushak to'qimalarining o'lchamlari va xususiyatlariga ko'ra hosil bo'lgan go'sht sifatida aniqlanishi mumkin bo'lgan, tayyorlangan yoki pishirilgan go'shtlarni anglatadi, ya'ni uy cho'chqalarining yelkalari, bel yoki bo'yin qismlari.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.