TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 14-guruh: To'qilgan buyumlarni tayyorlash uchun o'simlik materiallari

Guruhga izohlar, 1401–1404 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: To'qilgan buyumlarni tayyorlash uchun o'simlik materiallari; boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan, kelib chiqishi o'simlikka mansub boshqa mahsulotlar.

II bo'lim. Kelib chiqishi o'simliklarga mansub mahsulotlar

II bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri presslash (siqish) yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

14-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Bu guruhga quyidagi tovarlar kiritilmaydi, XI guruhga kiritilishi kerak bo'lgan va ushbu

guruhga kiritilmagan quyidagi mahsulotlar: asosan, to'qimachilik materiallar ishlab

chiqarishda, ishlov darajasidan qat'iy nazar yoki boshqa o'simlik materiallari, ishlov berish

natijasida to'qimachilik materiali sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan mahsulotlar.

2. 1401-tovar pozitsiyasiga quyidagilar kiritilgan: interalia, bambuk (titilgan yoki titilmagan,

uzunasiga arralangan yoki arralanmagan, uzunasiga kesilgan hamda kesilmagan, uchi

dumaloqlangan yoki dumaloqlanmagan, oqlangan yoki oqlanmagan, yonishga qarshi ishlov berilgan

yoki ishlov berilmagan, tekislangan yoki tekislanmagan, bo'yalgan yoki bo'yalmagan), titilgan tol,

qamish va shunga o'xshash, rotang palmasi o'zagi, o'zagidan tozalangan yoki uzunasiga titilgan,

rotang palmasi, xurmo palmasi poyalari bo'ylab o'ralgan yoki bo'lingan. Ushbu tovar

pozitsiyasiga tozalangan yog'och, shilingan yog'och kiritilmaydi (4404-tovar pozitsiyasi).

3. 1404-tovar pozitsiyasiga yog'och tolasi (4405-tovar pozitsiyasi) va supurgi va cho'tkalar uchun tayyorlangan boylamlar, tugunlar yoki to'plamlar kiritilmaydi (9603-tovar pozitsiyasi).

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.