TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 13-guruh: Tozalanmagan tabiiy smola

Guruhga izohlar, 1301–1302 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Tozalanmagan tabiiy smola; kamedi yoki boshqa o'simlik sharbati va ekstraktlari.

II bo'lim. Kelib chiqishi o'simliklarga mansub mahsulotlar

II bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri presslash (siqish) yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

13-guruhga izohlar

Izoh:

1. 1302-tovar pozitsiyasiga quyidagilar kiradi, interalia, qizilmiya, piretruma, aloe, xmel va opium ekstrakti. Ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) tarkibida og'irlik bo'yicha 10% dan ortiq saxaroza bo'lgan yoki qandolat mahsulot sifatida tayyorlangan qizilmiya ekstrakti (1704-tovar pozitsiyasi);

(b) qizilmiya ekstrakti (1901-pozitsiya);

(v) qahva, choy yoki mate yoki Paragvay choyi ekstraktlari (2101-tovar pozitsiyasi);

(g) sabzavotlarning sharbatlari yoki ekstraktlari spirtli ichimliklar sifatida (22-guruh);

(d) kamfora, glitsirrizin yoki 2914 yoki 2938-tovar pozitsiyalarining boshqa mahsulotlari;

(ye) 50% dan kam bo'lmagan alkaloidlarni o'z ichiga olgan ko'knori solomkasi konsentratlari (2939-tovar pozitsiya);

(j) 3003 yoki 3004-tovar pozitsiyadagi dori vositalari yoki qon guruhini aniqlash uchun reagentlar (3822-tovar pozitsiyasi);

(z) ko'nchilik yoki rang beruvchi ekstraktlar (3201 yoki 3203-tovar pozitsiyalar);

(i) efir moylari, betonlar, absolyutlar, rezinoidlar, ekstraksiya qilingan efir moylari, suvli distillatlar va efir moylarining suvli eritmalari yoki ichimliklar ishlab chiqarishda ishlatiladigan aromatik moddalarga asoslangan preparatlar (33-guruh); yoki

(k) tabiiy kauchuk, balata, guttapercha, gvayula, chikl yoki shunga o'xshash tabiiy smolalar (4001-tovar pozitsiyasi).

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.