TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 12-guruh: Moyli urug'lar va mevalar

Guruhga izohlar, 1201–1214 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Moyli urug'lar va mevalar; boshqa urug'lar, meva va don; dorivor o'simliklar va texnik maqsadlarda qo'llaniladigan o'simliklar; somon va yem-xashak.

II bo'lim. Kelib chiqishi o'simliklarga mansub mahsulotlar

II bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri presslash (siqish) yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

12-guruhga izohlar

Izohlar:

1. 1207-tovar pozitsiyaga quyidagilar kiradi: inter alia, palma yong'oqlari va mag'izlari, paxta chigitlari, kanakunjut, kunjut, xantal, saflor, ko'knori urug'lari va shi yong'oqlari (karite yong'oqlari). 0801 yoki 0802 tovar pozitsiyalarining mahsulotlari yoki maslina yoki zaytun kiritilmaydi (07 yoki 20-guruhlar).

2. 1208-pozitsiyadagi nafaqat to'liq yog'li un va ovqatlar, balki yog'sizlangan un va ovqatlar, shuningdek, yog'sizlantirilgan, so'ngra yog' qo'shilishi bilan yog' tarkibi to'la tiklangan un va taomlar ham kiradi. Ushbu tovar pozitsiyaga mahsulotlarning qoldiqlari 2304 dan 2306 tovar pozitsiyasiga kiradigan tovarlari kirmaydi.

3. 1209-tovar pozitsiyasiga lavlagi, o'tlar, bog' gullari, sabzavotlar, o'rmon va mevali daraxtlar, har xil turdagi viki (Vicia faba turidan tashqari) yoki lyupin ekish uchun mo'ljallangan urug'lari kiradi. Biroq 1209-tovar pozitsiyasiga quyidagi mahsulotlar, hatto ekish uchun mo'ljallangan bo'lsa ham kiritilmaydi:

(a) dukkakli sabzavotlar yoki shakarli makkajo'xori (07-guruh);

(b) ziravorlar yoki 09-guruhning boshqa mahsulotlari;

(v) g'alla ekinlari (10-guruh);

(g) 1201 – 1207 yoki 1211-tovar pozitsiyasiga taalluqli mahsulotlar.

4. 1211-pozitsiyaga quyidagi interalia, o'simliklar yoki ularning qismlari kiradi: rayhon, bodring o'ti‚ jenshen, issop, qizilmiya, yalpizning barcha turlari, rozmarin, ruta, marmarak va shuvoq. 1211-tovar pozitsiyasiga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) 30-guruh dorivor vositalari;

(b) 33-guruhning parfyumeriya, kosmetika yoki pardoz mahsulotlari;

(v) insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, dezinfeksiyalash vositalari yoki 3808-tovar pozitsiyasidagi shunga o'xshash mahsulotlar.

5. 1212-pozitsiyadagi “dengiz o'tlari va boshqa suv o'tlar” atamasi quyidagilarga tadbiq etilmaydi:

(a) 2102-tovarlar pozitsiyasidagi o'lik bir hujayrali mikroorganizmlar uchun;

(b) 3002-tovar pozitsiyasidagi mikroorganizm kulturalari uchun;

(v) 3101 yoki 3105-tovar pozitsiyasidagi o'g'itlar uchun.

Subpozitsiyalarga izoh:

1. 1205 10 subpozitsiyadagi “raps urug'i, yoki past eruk kislotali kolza urug'i ” atamasi og'irligi bo'yicha 2%dan kam eruk kislota va 30 mkmol/g dan kam glyukozinolatlarni hamda qattiq komponentni o'z ichiga olgan qattiq yog' hosil qiluvchi raps yoki kolza urug'ini anglatadi.

Podsubpozitsiyaga izoh:

1. 1211 90 860 5 podsubpozitsiyada “maydalangan” atamasi mayda bo'laklarga bo'lingan, ildizning butunligi buzilgan va ildizning butun uzluksiz kesmasini olish mumkin bo'lmagan qizilmiya ildizlarini, uning qismlari o'lchamlarini anglatadi, o'lchami eng katta kengligida 1 sm dan oshmaydi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.