Guruhning nomenklaturadagi nomi: Donlar.
II bo'lim. Kelib chiqishi o'simliklarga mansub mahsulotlar
II bo'limga izohlar
Izoh:
1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri presslash (siqish) yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.
10-guruhga izohlar
1. (A) Izohlar:
1. (A) Ushbu guruhning sarlavhalari faqat donlarni, shu jumladan, boshoq yoki poyadan ajratilmagan donlarni qamrab oladi. (B) Ushbu guruh qobig'i tozalangan yoki boshqa usullarda qayta ishlangan donlarni qamrab olmaydi. Shu bilan birga, guruch, qobig'i, sayqallangan, sirlangan, qaynatilgan yoki singan guruch 1006-tovar pozitsiyasiga kiradi. Xuddi shunday, saponinni ajratish uchun perikarpiy to'liq yoki qisman olib tashlangan, ammo boshqa hech qanday jarayondan o'tmagan kinoa 1008-tovar pozitsiyaga kiradi.
2. 1005-pozitsiyaga shirin makkajo'xorilar kirmaydi (07-guruh).
Subpozitsiyalarga izoh:
1.“Qattiq bug'doy” atamasi Triticumdurum turiga mansub bug'doy va Triticumdurum ning bir xil miqdordagi xromosomalarga ega bo'lgan boshqa turlar bilan turlararo kesishishi natijasida hosil bo'lgan duragaylarni anglatadi (28).
Qo'shimcha izohlar:
1. Ko'rsatilgan kichik sarlavhalarda qo'llanilgan atamalar quyidagi ma'nolarni bildiradi:
(a) “Qisqa donli guruch” (podsubpozitsiyalar 1006 10 210 0, 1006 10 920 0, 1006 20 110 0, 1006 20 920 0, 1006 30 210 0, 1006 30 420 0, 1006 30 610 0 va 1006 30 920 0) – guruch va uzunligi 5,2 mm dan ko'p bo'lmagan yoki uzunlikning kengligiga nisbati 2 dan kam bo'lgan donli guruch;
(b) “O'rta donli guruch” (podsubpozitsiyalar 1006 10 230 0, 1006 10 940 0, 1006 20 130 0, 1006 20 940 0, 1006 30 230 0, 1006 30 440 0, 1006 30 630 0 va 1006 30 940 0 dan uzunlikdagi guruchlar) – guruch va uzunligi 5,2 mm dan ortiq, lekin 6,0 mm dan oshmasligi va uzunlik yoki kenglik nisbati 3 dan kam donli guruch;
(v) uzun donli guruch, (podsubpozitsiyalar 1006 10 250 0, 1006 10 270 0, 1006 10 960 0, 1006 10 980 0, 1006 20 150 0, 1006 20 170 0, 1006 20 960 0, 1006 20 980 0, 1006 30 250 0, 1006 30 270 0, 1006 30 460 0, 1006 30 480 0, 1006 30 650 0, 1006 30 670, 1006 30 960 0 va 1006 30 980) – uzunligi 6 mm dan ortiq donli guruch;
(g) “po'choqli guruch (sholi)” (podsubpozitsiyalar 1006 10 210 0, 1006 10 230 0, 1006 10 250 0, 1006 10 270 0, 1006 10 920 0, 1006 10 940 0, 1006 10 960 0 va 1006 10 980 0) – don plyonkalar maydalangandan keyingi guruch;
(d) “Qobiqlangan guruch” (1006 20 110 0, 1006 20 130 0, 1006 20 150 0, 1006 20 170 0, 1006 20 920 0, 1006 20 940 0, 1006 20 960 0 va 1006 20 980 0 podsubpozitsiyalar) – don plyonkalar olib tashlangan guruch. Ushbu ta'rifga to'g'ri keladigan guruch “silliqlanmagan guruch”, “yuk guruch”, “lunzen” va “sbramato guruch” kabi tijorat nomlari bilan nomlangan guruchlar nomi hizmat qilishi mumkin;
(ye) “Yarim po'stloq guruch” 1006 30 210 0, 1006 30 230 0, 1006 30 250 0, 1006 30 270 0, 1006 30 420 0, 1006 30 440 0, 1006 30 460 0 va 1006 30 480 0 podsubpozitsiyalari don plyonkasi, embrionning bir qismi, shuningdek, perikarpiyning to'liq yoki qisman tashqi qobiqlari olib tashlangan, ammo ichki qobiqlar buzilmagan holda qolgan;
(j) “To'liq po'stloq guruch” (1006 30 610 0, 1006 30 630 0, 1006 30 650 0, 1006 30 670, 1006 30 920 0, 1006 30 940 0, 1006 30 960 0 va 1006 30 980 podsubpozitsiyalar) – don va o'rta donli guruch) yoki hech bo'lmaganda bir qismi (qisqa donli guruchda) olib tashlangan, bunda donlarning 10% dan ko'p bo'lmagan qismida uzunasiga oq notekisliklar saqlanib qolishi mumkin;
(z) “maydalangan guruch” (1006 40 subpozitsiya) – butun donning o'rtacha uzunligining to'rtdan uch qismidan ko'p bo'lmagan don qismlari.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.