TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 08-guruh: Iste'mol qilinadigan mevalar va yong'oqlar, sitrus mevalari yoki qovun po'stlog'i

Guruhga izohlar, 0801–0814 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Iste'mol qilinadigan mevalar va yong'oqlar, sitrus mevalari yoki qovun po'stlog'i.

II bo'lim. Kelib chiqishi o'simliklarga mansub mahsulotlar

II bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri presslash (siqish) yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

08-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga iste'mol qilinmaydigan yong'oqlar yoki mevalar kirmaydi.

2. Sovutilgan mevalar va yong'oqlar mos keladigan yangi meva va yong'oqlar bilan bir xil pozitsiyaga

kiritilishi kerak.

3. Ushbu guruhning quritilgan mevalari yoki yong'oqlari quyidagi maqsadlarda, qisman

regidratatsiya yoki boshqa ishlov berilishdan o'tkazilishi mumkin:

(a) saqlash muddatini oshirish yoki barqarorlashtirish (masalan, o'rtacha issiqlik bilan

ishlov berish, oltingugurtlash, sorbin kislotasi yoki kaliy sorbat qo'shilishi);

(b) tashqi ko'rinishini yaxshilash yoki saqlab qolish (masalan, o'simlik moyi yoki oz

miqdorda glyukoza siropi qo'shib); quritilgan mevalar yoki quritilgan yong'oqlarning o'ziga xos xususiyatini saqlab qolish

sharti bilan.

4. Mevalar va yong'oqlar 0812-tovar pozitsiyaga, ular foydalanishidan oldin tashish yoki saqlash

vaqtida faqat qisqa muddatli saqlash uchun (masalan, oltingugurt dioksid gazida, sho'r suvda,

nordon suvda yoki boshqa vaqtincha saqlovchi eritmalarda), ishlov berilgan mevalar va yong'oqlar

kiradi, agar sharti ular to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilish uchun yaroqsiz bo'lib qolgan holatlarda.

Qo'shimcha izohlar:

1. Ushbu guruhdagi mahsulotlarda saxaroza (shakar miqdori) bo'yicha turli xil shakarlarning

tarkibi 0,95 koeffitsiyentga ko'paytiriladigan 20° C haroratda refraktometr ko'rsatkichiga to'g'ri

keladi.

2. 0811 90 110, 0811 90 310 va 0811 90 850 podsubpozitsiyalari uchun “tropik meva” guayyava, mango,

mangostan, yoki garsiniya, papaya, tamarind, anakardiya, yoki akaju, lichi, djekfrut, sapodilla,

passiflora, yoki strastotsvet, karambola va pitayya mevalarini anglatadi.

3. 0811 90 110, 0811 90 310, 0811 90 850, 0812 90 700 va 0813 50 310 0 podsubpozitsiyalari uchun

“tropik yong'oqlar” kokos yong'og'i, keshyu yong'og'i, Braziliya yong'og'i, areki yong'og'i (yoki betel), kola

yong'og'i va makadamiya yong'oqlarini anglatadi.

4. 0811 90 95 0 podsubpozitsiyadagi muzlatilgan qarag'ay yong'oqlari – minus 35° C dan past

haroratgacha sovutilgan qarag'ay yong'oqlari.

5. Ushbu guruhda sarlavhalari yil davrlarini ko'rsatadigan kichik sarlavhalarga deklaratsiyani

ro'yxatdan o'tkazish sanasi ushbu davrlarga to'g'ri keladigan tovarlar kiradi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.