TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 07-guruh: Sabzavotlar va ba'zi iste'molga yaroqli bo'lgan ildizli mevalar va qulupnay mevalari

Guruhga izohlar, 0701–0714 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Sabzavotlar va ba'zi iste'molga yaroqli bo'lgan ildizli mevalar va qulupnay mevalari.

II bo'lim. Kelib chiqishi o'simliklarga mansub mahsulotlar

II bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri presslash (siqish) yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

07-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga yem-xashak ozuqa mahsulotlari kirmaydi 1214-tovar pozitsiyada.

2. 0709 dan 0712 gacha tovar pozitsiyalarida “sabzavotlar” atamasi, shuningdek, iste'mol

qilinadigan qo'ziqorinlar, tryufel, maslina yoki zaytun, kovul, kabachki, qovoq, baqlajon,

shakarli makkajo'xorini o'z ichiga oladi (Zea mays var. saccharata), mevalarning turlari Capsicum

yoki Pimenta, arpabodiyon, petrushka, kupir, estragon, kress salatu va bog' mayoran (Majorana

hortensis yoki Origanum majorana).

3. 0712-tovar pozitsiyasiga 0701–0711 tovar pozitsiyalaridagi barcha quritilgan sabzavotlari

kiradi‚ quyidagilardan tashqari:

a) quritilgan loviya (dukkakli) sabzavotlar va tozalanganlari (0713-tovar pozitsiya);

b) 1102 dan 1104 gacha tovar pozitsiyalaridagi shirin makkajo'xori;

v) kartoshka uni, un, kukun, yorma, granulalar (1105-tovar pozitsiya);

g) 0713-tovar pozitsiyadagi (1106-tovar pozitsiya) quritilgan dukkakli sabzavotlarning un

va kukunlari.

4. Ushbu guruhga Capsicum yoki Pimenta turlariga mansub turning quritilgan yoki maydalangan

yoki maydalangan mevalari kirmaydi. (0904-tovar pozitsiya).

5. 0711-tovar pozitsiyasiga ishlov berilgan faqat tashish yoki ishlatishdan oldin saqlash

vaqtida qisqa muddatli saqlanishni ta'minlash uchun qayta ishlangan sabzavotlar (masalan,

oltingugurt dioksid gazi, sho'r suvda, oltingugurtli suvda yoki boshqa vaqtincha saqlovchi

eritmalarda), agar bu holatda ular to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilish uchun yaroqsiz bo'lib qolganda.

Qo'shimcha izoh:

1. Ushbu guruhda sarlavhalari yil davrlarini ko'rsatadigan kichik sarlavhalarda deklaratsiyani ro'yxatdan o'tkazish sanasi ushbu davrlarga to'g'ri keladigan tovarlar kiradi. + 0704 10 000 0 – rangli karam va brokkoli – + 0712 39 000 0 – – boshqalar –

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.