Guruhning nomenklaturadagi nomi: Tirik daraxtlar va boshqa o'simliklar; piyozlari, ildizlari va boshqa shunday o'simlik qismlari; dekorativ va kesilgan yashil gullar.
II bo'lim. Kelib chiqishi o'simliklarga mansub mahsulotlar
II bo'limga izohlar
Izoh:
1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri presslash (siqish) yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.
06-guruhga izohlar
Izohlar:
1. 0601-pozitsiyaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan istisnolardan tashqari, ushbu guruh faqat ekish yoki bezak maqsadlarida odatda, ko'chatxonalardan yoki issiqxonalardan yetkazib beriladigan tirik daraxtlar va o'simliklarni (shu jumladan, sabzavot ko'chatlarini) qamrab oladi, ammo bu guruhga 07-guruhda tasniflanadigan kartoshka ildizlari, sholg'omsimon dumaloq piyoz, sarimsoqpiyoz yoki boshqa mahsulotlar kirmaydi.
2. 0603 yoki 0604-tovar pozitsiyalaridagi har qanday turdagi tovarlarga tegishli har qanday havolalar guldastalar, gul savatlari, gulchambarlar va shunga o'xshash mahsulotlarga to'liq yoki qisman boshqa materiallardan aksessuarlar bundan mustasno sifatida qaralishi kerak. Biroq bu izohlar 9701-pozitsiyasidagi (kollaj) – o'simliklarning chizma tasvirlari yoki shunga o'xshash dekorativ chizmalarini o'z ichiga olmaydi.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.