TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 05-guruh: Boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan hayvonlarga mansub mahsulotlar

Guruhga izohlar, 0501–0511 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan hayvonlarga mansub mahsulotlar.

I bo'lim. Tirik hayvonlar: kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlar

I bo'limga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu bo'limda hayvonlarning ma'lum bir jinsi yoki turiga berilgan har qanday havola, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, shu jins yoki tur yosh hayvonlarga ham tegishli.

2. Butun nomenklaturada “quritilgan” mahsulotlar atamasi, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, suvsizlanish, bug'lanish yoki muzlatish orqali quritilgan mahsulotlarni ham anglatadi.

05-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga kiritilmaydi:

(a) Oziq-ovqat mahsulotlari (hayvonlarning butun yoki bo'laklarga bo'lingan ichaklari, oshqozon va pufakchalari, shuningdek, hayvonlarning suyuq yoki quruq qoni);

(b) teri ( shu jumladan, mo'yna), 0505-tovar pozitsiyasidan tashqari, shuningdek, 0511-tovar pozitsiyasidagi teri va teri xomashyosi kesimlari va shunga o'xshash chiqindilar (41 yoki 43- guruh);

(v) ot sochi va uning chiqindilaridan tashqari, hayvonlardan olinadigan to'qimachilik materiallari (XI bo'lim); yoki

(g) supurgi yoki cho'tkasimon buyumlar ishlab chiqarish uchun tayyorlangan tugun va tutamlar (9603-tovar pozitsiyasi).

2. 0501-tovar pozitsiyasidagi uzunligi bo'yicha saralangan soch ishlov berilmagan hisoblanadi (soch ildizi va soch uchlari belgilangan tartibda joylashtirilmagan sharti asosida)

3. Butun nomenklatura bo'ylab “fil suyagi” atamasi fil, begemot, morj, narval va to'ng'izning tishlari va qoziq tishlari, karkidonning shoxi va barcha hayvonlarning tishlarini anglatadi.

4. Butun nomenklatura bo'ylab “ot sochi” atamasi otsimonlar oilasiga mansub hayvonlarning yoki yirik shoxli mollarning yol va dum sochlarini anglatadi. 0511-tovar pozitsiyasiga inter alia, ot sochi va uning chiqindilari, shu jumladan, substrat ustida yoki usiz mato ko'rinishida yoki usiz bo'lganlari kiritiladi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.