Guruhning nomenklaturadagi nomi: Sut mahsulotlari, parranda tuxumi, tabiiy asal, boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan hayvonlarga mansub oziq-ovqat mahsulotlari.
I bo'lim. Tirik hayvonlar: kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlar
I bo'limga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu bo'limda hayvonlarning ma'lum bir jinsi yoki turiga berilgan har qanday havola, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, shu jins yoki tur yosh hayvonlarga ham tegishli.
2. Butun nomenklaturada “quritilgan” mahsulotlar atamasi, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, suvsizlanish, bug'lanish yoki muzlatish orqali quritilgan mahsulotlarni ham anglatadi.
04-guruhga izohlar
Izohlar:
1. “Sut” atamasi to'liq sutni, shuningdek, qisman yoki to'liq yog'sizlantirilgan sutni anglatadi.
2. 0403-tovar pozitsiyasidagi yogurt har qanday qo'shilgan ingrediyent sutning biron bir tarkibiy qismini to'liq yoki qisman almashtirish uchun qo'llanilmasa va mahsulot yogurtning muhim xususiyatlarini saqlab qolsa konsentrlangan yoki xushbo'ylantirilgan bo'lishi mumkin, shuningdek, shakar yoki boshqa shirin ta'm beruvchi moddalar, mevalar, yong'oqlar, kakao, shokolad, ziravorlar, kofe yoki uning ekstraktlari, o'simliklar, o'simliklarning qismlari, don yoki non mahsulotlari va unli qandolat mahsulotlarini o'z ichiga olishi mumkin
3. 0405-tovar pozitsiyasida:
(a) “sariyog'” atamasi faqat sutdagi yog' miqdori 80% yoki ko'proq, lekin 95% dan oshmagan, quruq (yog'i olingan) sut qoldig'ining maksimal miqdori 2% va suvning maksimal miqdori 16% bo'lgan sutdan tayyorlangan tabiiy sariyog', zardob yog'i yoki rekombinatsiya langan sariyog' (yangi tuzlangan, quritilgan yoki achitilgan, shu jumladan, konservalangan sariyog')ni anglatadi. Sariyog' tarkibida qo'shimcha emulgatorlar bo'lmaydi, lekin natriy xlorid, oziq-ovqat buyoqlari, neytrallovchi tuzlar va sut kislotasi hosil qiluvchi zararsiz bakteriya kulturalarini o'z ichiga olishi mumkin;0403 20 710
(b) “sut pastasi” atamasi tarkibida 39% yoki ko'proq lekin 80% dan kam bo'lgan sut yog'ini yagona yog' sifatida o'z ichiga olgan, yog'dagi suv tipida surtilish xususiyatiga ega emulsiyani anglatadi.
4. Sut zardobini konsentratlash va sut yoki sut yog'i qo'shish orqali olingan mahsulotlar quyidagi uchta xususiyatga ega bo'lsa, 0406-tovar pozitsiyasiga pishloq sifatida kiritiladi:
(a) tarkibidagi sut yog'i, quruq modda hisobida, 5 % yoki ko'proq;
(b) tarkibida quruq modda 70% dan kam bo'lmagan, lekin 85% dan ko'p bo'lmagan; va
(v) ular shaklga ega yoki ularga shakl berish mumkin.
5. Ushbu guruhga kiritilmaydi:
(a) tirik hasharotlar, iste'molga yaroqsiz (0511-tovar pozitsiyasi);
(b) suvsiz laktoza sifatida ifodalanuvchi, quruq modda hisobi bo'yicha tarkibida 95% dan ko'p laktoza saqlovchi sut zardobidan olingan mahsulotlar (1702-tovar pozitsiyasi);
(v) sutning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlarini (masalan sut yog'larini) boshqa moddalar (masalan olein yog'i) bilan almashtirish orqali olingan mahsulotlar (1901 yoki 2106-tovar pozitsiyasi); yoki
(g) albuminlar (shu jumladan, quruq modda hisobida tarkibida 80% zardob oqsillari bo'lgan, ikki yoki undan ortiq zardob oqsillari konsentratlari) (3502-tovar pozitsiyasi) yoki globulinlar (3504-tovar pozitsiyasi).
6. 0410 tovar pozitsiyasida “hasharotlar” atamasi iste'mol uchun yaroqli tirik bo'lmagan butun yoki qismlarga ajratilgan ko'rinishdagi yangi, sovutilgan, muzlatilgan, quritilgan, dudlangan, tuzlangan yoki tuzli suvdagi, shuningdek, hasharotlardan olingan mayda va yirik unni anglatadi. Lekin bu atama boshqa usullar bilan tayyorlangan yoki konservalangan iste'molga yaroqli tirik bo'lmagan hasharotlarni o'z ichiga olmaydi (odatda IV bo'lim).
Subpozitsiyalarga izoh:
1. 0404 10-subpozitsiyasidagi “ko'rinishi o'zgartirilgan sut zardobi” atamasi sut zardobi tarkibiy qismlaridan tashkil topgan, ya'ni tarkibidan laktoza, oqsillar yoki mineral moddalar to'liq yoki qisman olib tashlangan zardob, tarkibiga tabiiy zardob komponentlari qo'shilgan zardob va zardobning tabiiy komponentlarini aralashtirish natijasida olingan mahsulotlar.
2. 0405 10-subpozitsiyasidagi “sariyog'” atamasi suvsizlantirilgan yoki kuydirilgan yog'ni bildirmaydi (0405 90-subpozitsiyasi)
Qo'shimcha izoh
1. 0408 11 va 0408 19-subpozitsiyalaridagi “boshqa usullarda konservatsiyalangan” atamasi quyidagi shartlarning ikkisi ham bajarilganda tarkibiga konservatsiyalash uchun qo'shilgan oz miqdorda tuzi bo'lgan (odatda 12% dan kam miqdorda) yoki kimyoviy moddalar qo'shilgan tuxum sariqlariga ham qo'llaniladi:
(i) 0408 11 va 0408 19-subpozitsiyalaridagi tuxum sarig'i xarakterini saqlab qolsa;
(ii) tuz yoki kimyoviy moddalar konserva qilish uchun zarur bo'lgan miqdordan ortiq ishlatilmasa.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.