Guruhning nomenklaturadagi nomi: Baliq va qisqichbaqasimonlar, mollyuska va boshqa umurtqasiz suv hayvonlari.
I bo'lim. Tirik hayvonlar: kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlar
I bo'limga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu bo'limda hayvonlarning ma'lum bir jinsi yoki turiga berilgan har qanday havola, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, shu jins yoki tur yosh hayvonlarga ham tegishli.
2. Butun nomenklaturada “quritilgan” mahsulotlar atamasi, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, suvsizlanish, bug'lanish yoki muzlatish orqali quritilgan mahsulotlarni ham anglatadi.
03-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga kiritilmaydi:
(a) 0106-tovar pozitsiyasiga kiruvchi sutemizuvchilar;
(b) 0106 tovar pozitsiyasidagi (0208 yoki 0210-tovar pozitsiyalaridagi) sutemizuvchilarning go'shti;
(v) O'lik va inson iste'moli uchun yaroqsiz yoki to'g'ri kelmaydigan yoki o'z tabiatiga yoki holatiga (05-guruh) ko'ra iste'mol uchun to'g'ri kelmaydigan baliq (shu jumladan, uning jigari, ikrasi va suti) yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa umurtqasiz suv hayvonlari; inson iste'moli uchun yaroqsiz mayda va dag'al baliq uni yoki baliq yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa umurtqasiz suv hayvonlaridan tayyorlangan granulalar (2301-tovar pozitsiyasi) yoki;
(g) baliq ikrasidan tayyorlangan osyotr ikrasi yoki osyotr ikrasi o'rnini bosuvchilar (1604-tovar pozitsiyasi).
2. Ushbu guruhdagi “granulalar” atamasi aglomeratsiyalangan yoki to'g'ridan - to'g'ri presslangan yoki oz miqdorda bog'lovchi modda qo'shilgan mahsulotlarni anglatadi.
3. 0305—0308-tovar pozitsiyalariga inson iste'moli uchun yaroqsiz mayda va dag'al baliq uni va granulalar (0309-tovar pozitsiyasi) kiritilmaydi + 0307 91 000 0 – – tirik, yangi va sovitilgan –
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.