TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 02-guruh: Go'sht va go'shtli oziq-ovqat submahsulotlari

Guruhga izohlar, 0201–0210 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Go'sht va go'shtli oziq-ovqat submahsulotlari.

I bo'lim. Tirik hayvonlar: kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlar

I bo'limga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu bo'limda hayvonlarning ma'lum bir jinsi yoki turiga berilgan har qanday havola, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, shu jins yoki tur yosh hayvonlarga ham tegishli.

2. Butun nomenklaturada “quritilgan” mahsulotlar atamasi, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, suvsizlanish, bug'lanish yoki muzlatish orqali quritilgan mahsulotlarni ham anglatadi.

02-guruhga izohlar

Izoh:

1. Ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) 0201-0208 yoki 0210-guruhlariga kiruvchi inson iste'moli uchun yaroqsiz yoki to'g'ri kelmaydigan mahsulotlar;

(b) iste'molga yaroqli tirik bo'lmagan hasharotlar (0410-tovar pozitsiyasi);

(v) hayvonlarning ichaklari, oshqozon va pufakchalari (0504-tovar pozitsiyasi) yoki hayvonlar qoni (0511 yoki 3002-tovar pozitsiyasi);

(g) kelib chiqishi hayvonga mansub yog'lar, 0209-tovar pozitsiyasidagi mahsulotlardan tashqari (15-guruh).

Qo'shimcha izohlar:

1. (A) Keltirilgan atamalar quyidagi ma'nolarni anglatadi:

(a) 0201 10 va 0202 10-subpozitsiyalaridagi “qoramol tana go'shti” – qonsizlantirilgan, ichi tozalangan va teri shilingandan keyingi, boshi bilan yoki boshsiz, oyoqlari bilan yoki oyoqsiz, boshqa ajratilmagan submahsulotlar bilan yoki ularsiz import qilinadigan so'yilgan hayvonlarning butun tanasi. Tana go'shti kallasiz import qilingan holda, kalla tana go'shtidan atlanto-ensa bo'g'indan ajratilgan bo'lishi shart. Tana go'shti oyoqlarsiz import qilingan holda, oyoqlar kaft-bilak va kaft-boldir bo'g'inlardan (kesilgan) ajratilgan bo'lishlari shart; “tana go'shti” tananing oldi qismini barcha suyaklarni o'z ichiga olgan bo'lishi kerak, shuningdek, bo'yin qismi va kurak qismining qovurg'a bo'limida 10 juftdan ortiq qovurg'alar bo'lishi kerak;

(b) 0201 10 va 0202 10-subpozitsiyalaridagi “qoramollarning yarim tana go'shti” – har bir bo'yin, ko'krak, bel va tos umurtqalarining va butun tana go'sht markazidan ko'krak va quymuch-qov ulangan qismini simmetrik tarzda kesish natijasida hosil bo'lgan mahsulot; “yarim tana” yarim tananing old qismining barcha suyaklarini va kesilgan joyni o'z ichiga shunday olishi kerakki, bo'yin qismining kurak sohasining qovurg'a qismida 10 juftdan ortiq qovurg'a bo'lishi kerak;

(v) 0201 20 200 va 0202 20 100-podsubpozitsiyalardagi “kompensatsiyalangan chorak nimtalar”- tana go'shtining bir qismi bo'lib, quyidagilardan iborat: – yoki old chorak nimtalar o'ninchi qovurg'a darajasida kesilgan, bo'yin qismi va kurak sohasining qovurg'a qismi barcha suyaklarini va kesilgan joyni o'z ichiga olgan va orqa chorak nimtalar uchinchi qovurg'a darajasida kesilgan son va biqinni barcha suyaklar bilan o'z ichiga olgan bo'lishi mumkin; – yoki old chorak nimtalardan beshinchi qovurg'a darajasida ko'krak va qorin qismi bilan kesilgan, bo'yin qismi va kurak sohasining qovurg'a qismi barcha suyaklarini va kesilgan joyni o'z ichiga olgan va orqa chorak nimtalar sakkizinchi qovurg'a darajasida kesilgan, son va biqinni barcha suyaklar bilan o'z ichiga olgan bo'lishi mumkin. “Kompensatsiyalangan chorak nimtalar”ni tashkil qiluvchi old va orqa chorak nimtalar: Bir vaqtning o'zida va teng miqdorda import qilinishi kerak, bunda oldingi chorak nimtalarning umumiy og'irligi orqa chorak nimtalarning umumiy og'irligiga teng bo'lishi kerak. Shu bilan birga partiyadagi ikki qismlarining (oldingi yoki orqa chorak nimtalar) tafovutiga, lekin og'irligining 5% dan ortiq bo'lmagan holda yo'l qo'yiladi.

(g) 0201 20 300 va 0202 20 300 podsubpozitsiyalardagi “bo'linmagan oldingi chorak nimtalar” – bo'yin qismi va kurak sohasining qovurg'a qismini, barcha suyaklarini va kesilgan joyni o'z ichiga olgan, kamida to'rt juft ko'pi bilan o'n juft qovurg'a (birinchi to'rt juft qovurg'a butun bo'lishi kerak, qolganlari kesilgan bo'lishi mumkin) qorin qismi yoki qorin qismisiz bo'lgan tananing old qismi;

(d) 0201 20 300 va 0202 20 300 podsubpozitsiyalardagi “bo'lingan oldingi chorak nimtalar” – bo'yin qismi va kurak sohasining qovurg'a qismini, barcha suyaklarini va kesilgan joyni o'z ichiga olgan, kamida to'rt juft ko'pi bilan o'n juft qovurg'a (birinchi to'rt juft qovurg'a butun bo'lishi kerak, qolganlari kesilgan bo'lishi mumkin) qorin qismi bilan yoki qorin qismisiz bo'lgan tananing old qismi;

(ye) 0201 20 500 va 0202 20 500 podsubpozitsiyalardagi “bo'linmagan orqa chorak nimtalar – son va biqinni, lahm joyni barcha suyaklar bilan, kamida uch juft butun yoki kesilgan qovurg'aga ega, boldir bilan yoki boldirsiz, qorin qismi bilan yoki qorin qismisiz bo'lgan tananing orqa qismi;

(j) 0201 20 500 va 0202 20 500 podsubpozitsiyalardagi “bo'lingan orqa chorak nimtalar – son va biqinni, lahm joyni barcha suyaklar bilan kamida uch juft butun yoki kesilgan qovurg'aga ega, boldir bilan yoki boldirsiz, qorin qismi bilan yoki qorin qismisiz bo'lgan tananing orqa qism;

(z) (1) 0202 30 500 podsubpozitsiyadagi “kurak” va “bo'yin-kurak qismi” bo'laklar – oldingi chorak nimtadan olinuvchi kamida to'rtta va ko'pi bilan o'nta qovurg'aga ega, butun tana go'shtning birinchi qovurg'aning birinchi bo'g'imi bilan tutashgan nuqtasidan o'ninchi qovurg'adagi diafragmaning egilish nuqtasigacha to'g'ri chiziq bo'ylab kesish natijasida hosil bo'luvchi, kurak qismining umurtqa burchagini o'z ichiga olgan oldingi chorak nimtaning bel qismi; (2) 0202 30 500 podsubpozitsiyadagi “ko'krak” qismi – ko'krakning orqa qismi va ko'krakning old qismini o'z ichiga oluvchi oldingi chorak nimtaning pastki qismi. (B) Ushbu guruhning 1 (A) (a – j) qo'shimcha izohida ta'kidlangan mahsulotlar umurtqa pog'onasi bilan ham, u siz ham bo'lishi mumkin. (V) 1 (A) bandga muvofiq butun va kesilgan qovurg'alarni aniqlashda faqat umurtqa pog'onasidan ajratilmagan qovurg'alar hisobga olinadi. Umurtqa pog'onasi mavjud bo'lmagan holatlarda, faqatgina yetishmayotgan umurtqa pog'onasiga bog'liq bo'lgan, butun yoki kesilgan qovurg'alarni inobatga olish kerak.

2. (A) Keltirilgan atamalar quyidagi ma'nolarni anglatadi:

(a) 0203 11 100 va 0203 21 100 podsubpozitsiyalardagi “tana va nimtana” – so'yilgan cho'chqalarning qonsizlantirilgan, ichi tozalangan va tuyoqlar va tuklar olib tashlangan uy cho'chqalarining tanalari. Nimtalar butun tanani bo'yin, ko'krak, bel va tos umurtqalarining va ko'krak suyagi va tananing quymuch-qov ulangan qismini uzunasiga kesish natijasida olinadi. Tana va yarim tanalar bosh bilan yoki boshsiz, oyoqlar, buyrak yog'i, buyraklar, dum, diafragma bilan yoki ularsiz bo'lishi mumkin. Yarim tanalarda orqa miya, bosh miya olib tashlangan yoki olib tashlanmagan bo'lishi mumkin. Urg'ochi cho'chqalarning yelini (sut bezlari) olib tashlangan yoki qoldirilgan bo'lishi mumkin;

(b) 0203 12 110, 0203 22 110, 0210 11 110 0 va 0210 11 310 0 podsubpozitsiyalardagi “son” (orqa son) – tuyoqlar bilan yoki ularsiz, boldir bilan, teri va teri osti yog'i bilan yoki ularsiz, suyaklarni o'z ichga olgan yarim tananing orqa (dum) qismi. Son (orqa son) yarim tananing qolgan qismidan ko'pi bilan oxirgi bel umurtqasigacha cho'zilgan chiziq bo'ylab ajratiladi;

(v) 0203 19 110, 0203 29 110, 0210 19 300 0 va 0210 19 600 0 podsubpozitsiyalardagi “old qism” – boshsiz, tuyoqlar, yelka qismi, teri va teri osti yog'i bilan yoki ularsiz, suyaklarni o'z ichiga olgan yarim tananing old (bosh) qismi. Old qism nimtaning qolgan qismidan ko'pi bilan beshinchi ko'krak umurtqasigacha cho'zilgan chiziq bo'ylab ajratiladi. Biriktirilgan mushaklarga ega kurak suyagini o'z ichiga olgan yoki olmagan old qismning tepa (bel) bo'lagi (yangi so'yilgan holatda bo'yin bo'lagi yoki tuzlangan holatda bekon bo'lagining bo'yin qismi), pastki (qorin) bo'lagi old qismdan ko'pi bilan to'g'ridan-to'g'ri umurtqa pog'onasi ostidan o'tuvchi chiziq bo'ylab ajratilsa to'sh bo'lagi hisoblanadi.

(g) 0203 12 190, 0203 22 190, 0210 11 190 0 va 0210 11 390 0 podsubpozitsiyalardagi “kurak” (old son) – mushaklarga ega kurak suyagini o'z ichiga olgan yoki olmagan, yelka, teri va teri osti yog'i bilan yoki ularsiz, suyaklarni o'z ichiga olgan old qismning pastki bo'lagi. Alohida import qilinayotgan mushaklarga ega kurak suyagi, old son qismi sifatida ushbu subpozitsiya ostiga taaluqlidir;

(d) 0203 19 130, 0203 29 130, 0210 19 400 0 va 0210 19 700 0 podsubpozitsiyalardagi “to'sh” – yarim tananing lahm bo'lak, kurak suyagi, teri osti yog'i va teri bilan yoki ularsiz, suyaklarni o'z ichiga olgan, birinchi bo'yin umurtqasidan dum umurtqalarigacha bo'lgan nimtaning tepa qismi. To'sh pastki qismdan to'g'ridan-to'g'ri umurtqa pog'onasi ostidan o'tuvchi chiziq bo'ylab kesish orqali ajratiladi;

(ye) 0203 19 150, 0203 29 150, 0210 12 110 0 va 0210 12 190 0 podsubpozitsiyalardagi “ko'krak kismi” – orqa son va oldi son o'rtasida joylashgan odatda “striki” (bekon yarimtani ko'krak qismi) deb nomlanuvchi, suyaklar bilan yoki suyaksiz, lekin teri va teri osti yog'i bilan bo'lgan yarim tana go'shtining pastki qismi;

(j) 0210 19 100 0 podsubpozitsiyalardagi “bekon yarimtasi” kallasiz, yonoqlarsiz, yonlarsiz, oyoqlarsiz, dumsiz, buyrak yog'isiz, buyraksiz, lahmsiz, kurak suyaksiz, ko'kraksiz, umurtqa pog'onasiz, tos suyaksiz va diafragmasiz bo'lgan cho'chqaning yarim tanasi;

(z) 0210 19 100 0 podsubpozitsiyadagi “spenser” – suyakdan ajratilgan yoki ajratilmagan son qismisiz bekon yarim tanasi;

(i) 0210 19 200 0 podsubpozitsiyadagi “3/4 cho'chqa go'shti yonboshi” – suyakdan ajratilgan yoki ajratilmagan bekon yarimtasining old qismi.

(k) 0210 19 200 0 podsubpozitsiyadagi “cho'chqa tanasi o'rtasi” – suyakdan ajratilgan yoki ajratilmagan old bo'laksiz va sonsiz bekon yarimtasi. Ushbu subpozitsiya osti o'z ichiga umumiy tabiiy tarkibiga mutanosib ravishda to'sh va ko'krak to'qimalariga ega cho'chqa tanasi o'rtasi bo'laklarini ham o'z ichiga oladi. (B) 2 (A) (ye) bandda ko'rsatilgan qism bo'laklari faqat teri va teri osti yog'ini o'z ichiga olgan bo'lsa, xuddi shunday podsubpozitsiyaga kiradi. Agar 0210 11 110 0, 0210 11 190 0, 0210 11 310 0, 0210 11 390 0, 0210 19 300 0 va 0210 19 600 0 podsubpozitsiyalarga kiruvchi bo'laklar 2 (A) (j) bandida ko'rsatilgan suyaklari olib tashlangan bekon yarimtalaridan olingan bo'lsa, 2 (A) (b, v, g) bandida ko'rsatilgan kesish chiziqlariga mos ravishda o'tishi kerak; har qanday hollarda ham ushbu bo'laklar yoki bo'lak qismlari suyakli bo'lishi shart. (V) 0206 49 000 i 0210 99 490 0 podsubpozitsiyalari uy cho'chqalarning miya, yonoqlar yoki til va ularning qismlari olib tashlangan yoki olib tashlanmagan holda kalla va yarim kallani o'z ichiga olishi shart. Kalla yarim tana go'shtining qolgan qismidan quyidagicha ajratiladi: – bosh suyagiga parallel ravishda to'g'ri kesish; yoki – bosh suyagiga parallel ravishda ko'zlar sathi, so'ngra nima go'shtiga biriktirilgan yonoq go'shtini qoldirish uchun old tomonga qiyalik kesish. Yonoqlar, cho'chqa burunlari va quloqlari, shuningdek, asosan, orqa tomondan kallaga ulangan lahm go'shti kalla kismiga kiradi. Lekin bir kesma bilan ifodalangan old qismining suyaksiz go'shti (yonoqlar, yon tomonlari yoki yonoqlar yon tomonlari bilan birga) aniq shartlarga bog'liq holda 0203 19 550, 0203 29 550, 0210 19 500 0 yoki 0210 19 810 0 podsubpozitsiyalarga mos keladi. (G) 0209 10 110 0 va 0209 10 190 0 podsubpozitsiyalardagi “teri osti cho'chqa yog'i” hayvon terisi ostida to'plangan va teri bilan bog'langan yog' to'qimalarini anglatadi, tana go'shtining qaysi qismdan olinganligidan qat'iy nazar; har qanday holatda, yog' to'qimalarining og'irligi teri og'irligidan oshishi shart. Ushbu podsubpozitsiyalarga teridan ajratilgan teri osti cho'chqa yog'i ham kiritiladi. (D) 0210 11 310 0, 0210 11 390 0, 0210 12 190 0 va 0210 19 600 0 – 0210 19 890 0 podsubpozitsiyalardagi go'shtdagi suv oqsil nisbati 2,8 ga(oqsil =azot miqdori x 6,25) teng yoki kamroq bo'lgan mahsulotlar “quritilgan yoki dudlangan” hisoblanadi.

3. (A) Quyida keltirilgan 0204 tovar pozitsiyasida qo'llanuvchi atamalar quyidagilarni anglatadi:

(a) 0204 10, 0204 21, 0204 30, 0204 41 subpozitsiyalaridagi va 0204 50 110 0 i 0204 50 510 0 podsubpozitsiyaga kiruvchi “tana go'shti” – so'yilgan hayvonlarning qonsiztirilgan, ichki a'zolar va terisi olib tashlangan, bosh bilan yoki boshsiz, oyoqlar bilan yoki oyoqlarsiz, boshqa ajratilmagan submahsulotlar bilan yoki ularsiz import qilinadigan butun tana go'shti. Tana go'shti kallasiz import qilingan holda, kalla tana go'shtidan atlanto-ensa bo'g'indan ajratilgan bo'lishi shart. Tana go'shti oyoqlarsiz import qilingan holda, oyoqlar kaft-bilak va kaft-boldir bo'g'inlardan (kesilgan) ajratilgan bo'lishlari shart;

(b) 0204 10, 0204 21, 0204 30, 0204 41 subpozitsiyadagi va 0204 50 110 0 hamda 0204 50 510 0 podsubpozitsiyalardagi “yarim tanalar” – butun tana go'shtini simmetrik holda har bir bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza umurtqalarning markazidan va chanoq suyaklar va quymuch-qov ulangan qismi markazidan kesilish natijasida hosil bo'lgan mahsulot;

(v) 0204 22 100 0, 0204 42 100 0, 0204 50 130 0 i 0204 50 530 0 podsubpozitsiyalardagi “kalta chopilgan old chorak yarim tanalar” – ko'krak qismi bilan yoki ko'krak qismisiz, barcha suyaklar va kuraklar bilan, kesilgan joy va bo'yin-bel qismi bilan bo'lgan, umurtqa pog'onasiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesilgan va kamida beshta ko'pi bilan yetti juft butun yoki chopilgan qovurg'ani o'z ichiga olgan tana go'shtining old qismi;

(g) 0204 42 100 0, 0204 50 130 0 va 0204 50 530 0 podsubpozitsiyalardagi “kalta chopilgan old chorak yarim tanalar” – ko'krak qismi bilan yoki ko'krak qismisiz, barcha suyaklar va kuraklar bilan kesilgan joy va bo'yin-bel qismi bilan bo'lgan, umurtqa pog'onasiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesilgan va kamida beshta ko'pi bilan yetti juft butun yoki chopilgan qovurg'ani o'z ichiga olgan tana go'shtining old qismi;

(d) 0204 22 300 0, 0204 42 300 0, 0204 50 150 0 va 0204 50 550 0 podsubpozitsiyalardagi “bel qismi va yoki buyrak qismlarining umurtqa qirralari” – buyraklar bilan yoki buyraklarsiz, buyrak qismlari ajratib olinganda bel qismining umurtqa bo'laklari kamida 5 ta bel umurtqalarini bo'lishi shart, buyrak qismlari umurtqa chekkalari olib tashlanganda kamida besh juft butun va kesilgan qovurg'alarga ega, tos-son qismlaridan chanoq va oldi kalta chorak nimtalarni olib tashlangandan keyingi tana go'shtining qismi;

(ye) 0204 22 300 0, 0204 42 300 0, 0204 50 150 0 va 0204 50 550 0 podsubpozitsiyadagi “bel qismining umurtqa qirrasi va yoki buyrak qismi” – buyraklar bilan yoki buyraklarsiz, buyrak qismlari ajratib olinganda bel qismining umurtqa bo'laklari kamida 5 ta bel umurtqalarini bo'lishi shart, buyrak qismlari umurtqa chekkalari olib tashlanganda kamida besh juft butun va kesilgan qovurg'alarga ega, tos-son qismlaridan chanoq va oldi kalta chorak nimtalarni olib tashlangandan keyingi tana go'shtining qismi;

(j) 0204 22 500 0, 0204 42 500 0, 0204 50 190 0 va 0204 50 590 0 podsubpozitsiyalardagi “boldir bilan chanoq-son qismlar” – yonbosh suyak ostida oltinchi bel umurtqa chizig'i yoki qov bitishmasi bo'ylab yonbosh suyak orqali to'rtinchi dumg'aza umurtqasi chizig'i bo'ylab bevosita umurtqa pog'onasiga nisbatan to'g'ri burchak ostida quymuch-qov ulangan qismi yo'nalishida kesilgan barcha suyaklar orqa boldirni o'z ichiga olgan tananing orqa qismi;

(z) 0204 22 500 0, 0204 42 500 0, 0204 50 190 0 va 0204 50 590 0 podsubpozitsiyalardagi “boldir bilan chanoq-son qismlar" – yonbosh suyak ostida oltinchi bel umurtqa chizig'i yoki qov bitishmasi bo'ylab yonbosh suyak orqali to'rtinchi dumg'aza umurtqasi chizig'i bo'ylab bevosita umurtqa pog'onasiga nisbatan to'g'ri burchak ostida quymuch-qov ulangan qismi yo'nalishida kesilgan barcha suyaklar orqa boldirni o'z ichiga olgan tananing orqa qismi. (B) Butun yoki chopilgan qovurg'alar sonini 3 (A) bandiga muvofiq aniqlashda faqat umurtqa pog'onasidan ajralmagan qovurg'alar hisobga olinadi.

4. Quyida keltirilgan atamalar quyidagilarni anglatadi:

(a) 0207 13 200 – 0207 13 600, 0207 14 200 – 0207 14 600, 0207 26 200 – 0207 26 700, 0207 27 200 –0207 27 700, 0207 44 210 – 0207 44 710, 0207 45 210 – 0207 45 710, 0207 54 210 – 0207 54 710, 0207 55 210 – 0207 55 710 va 0207 60 210 – 0207 60 610 podsubpozitsiyalardagi “suyakdan ajratilmagan tana qismlari” – barcha suyaklarni o'z ichiga oluvchi qismlar.

(a) bandda qayd etilgan, qisman suyaklardan ajratilgan tana qismlari 0207 13 700, 0207 14 700, 0207 26 800, 0207 27 800, 0207 44 810, 0207 45 810, 0207 54 810, 0207 55 810 yoki 0207 60 810 podsubpozitsiyalarga kiritiladi;

(b) 0207 13 200, 0207 14 200, 0207 26 200, 0207 27 200, 0207 44 210, 0207 45 210, 0207 54 210, 0207 55 210 va 0207 60 210 podsubpozitsiyasidagi “yarim tanalar” – parranda yarim tanasini ko'krak qismi va umurtqa pog'onasini uzunasiga kesish orqali olingan parranda yarim tanasini;

(v) 0207 13 200, 0207 14 200, 0207 26 200, 0207 27 200, 0207 44 210, 0207 45 210, 0207 54 210, 0207 55 210 va 0207 60 210 podsubpozitsiyalardagi “chorak nimtalar” – yarim tanalarni kesish orqali olingan oyoq choraklari yoki ko'krak choraklari;

(g) 0207 13 300, 0207 14 300, 0207 26 300, 0207 27 300, 0207 44 310, 0207 45 310, 0207 54 310, 0207 55 310 va 0207 60 310 podsubpozitsiyalardagi “ingichka uchli yoki uchsiz butun qanotlar” – yelka, bilak, tirsak suyaklari va ularga birikkan mushaklar bilan birga bo'lgan tana qismlari. Panja suyagini o'z ichiga olgan qanotning ingichka uchi olib tashlangan bo'lishi mumkin. Bo'laklar bo'g'inlardan ajratilgan bo'lishi kerak;

(d) 0207 13 500, 0207 14 500, 0207 26 500, 0207 27 500, 0207 44 510, 0207 45 510, 0207 54 510, 0207 55 510 va 0207 60 510 podsubpozitsiyalardagi “ko'krak qismi” – ko'krak qismi va ikki tomon qovurg'alarni va ularga birikkan mushaklar o'z ichiga olgan tana qismlari;

(ye) 0207 13 600, 0207 14 600, 0207 44 610, 0207 45 610, 0207 54 610, 0207 55 610 va 0207 60 610 podsubpozitsiyalardagi “oyoqlar” – katta boldir va kichik boldir suyaklari va ularga birikkan mushaklarni o'z ichiga olgan tana qismlari. Bo'laklar bo'g'inlardan ajratilgan bo'lishi kerak;

(j) 0207 26 600 va 0207 27 600 podsubpozitsiyalardagi “kurka boldirlari” – katta boldir va kichik boldir suyaklari va ularga birikkan mushaklarni o'z ichiga olgan kurka bo'laklari. Bo'laklar bo'g'inlardan ajratilgan bo'lishi kerak;

(z) 0207 26 700 va 0207 27 700 podsubpozitsiyalardagi “kurka oyoqlari, boldirdan tashqari” – boldir suyagi va unga birikkan mushaklarni yoki katta boldir va kichik boldir suyaklari va ularga birikkan mushaklardan iborat kurka bo'laklari. Bo'laklar bo'g'inlardan ajratilgan bo'lishi kerak;

(i) 0207 44 710, 0207 45 710, 0207 54 710 va 0207 55 710 podsubpozitsiyalardagi “paletotlar” – patlari yulingan va to'liq ichki a'zolar olib tashlangan, kallasiz va panjalarsiz, skelet suyaklari (ko'krak suyagi, qovurg'alar, umurtqa pog'onasi va dumg'aza) olib tashlangan, lekin son, boldir va yelka suyaklari saqlab qolingan tana go'shti.

5. (a) ziravorli termik ishlovdan o'tmagan go'sht 16 guruhga kiritiladi. “Ziravorli go'sht” – pishmagan ichi ziravorlangan yoki mahsulotni butun yuzasi ziravorlangan go'sht, bunda ziravorlar aniq ko'z bilan ko'rinishi yoki aniq ta'mi sezilishi kerak;

(b) 0210 tovar pozitsiyasidagi, tayyorlanish jarayonida ziravorlangan mahsulotlar ziravorlar qo'shilishi ularning o'ziga xos xususiyatini o'zgartirilmagan taqdirda ushbu pozitsiyaga kiritiladi.

6. 0210 11 – 0210 93 subpozitsiyalardagi “tuzlangan, sho'r suvdagi go'sht va go'shtli oziq-ovqat submahsulotlar” atamasi barcha qismlari chuqur va bir tekisda tuz bilan singdirilgan, tuzning umumiy miqdori 1,2% yoki ko'proq va tuzlash uzoq muddat saqlashni ta'minlash sharti bilan bo'lgan go'sht va go'shtli oziq-ovqat submahsulotlarni anglatadi. 0210 99 subpozitsiyasidagi “tuzlangan, sho'r suvdagi go'sht va go'shtli oziq-ovqat submahsulotlar” atamasi barcha qismlari chuqur va bir tekisda tuz bilan singdirilgan, tuzning umumiy miqdori 1,2% yoki ko'proq bo'lgan go'sht va go'shtli oziq-ovqat submahsulotlarni anglatadi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.