Guruhning nomenklaturadagi nomi: Tirik hayvonlar.
I bo'lim. Tirik hayvonlar: kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlar
I bo'limga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu bo'limda hayvonlarning ma'lum bir jinsi yoki turiga berilgan har qanday havola, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, shu jins yoki tur yosh hayvonlarga ham tegishli.
2. Butun nomenklaturada “quritilgan” mahsulotlar atamasi, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, suvsizlanish, bug'lanish yoki muzlatish orqali quritilgan mahsulotlarni ham anglatadi.
01-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga barcha turdagi tirik hayvonlar kiritiladi, quyidagilardan tashqari:
(a) 0301, 0306, 0307 yoki 0308-tovar pozitsiyalaridagi baliq va qisqichbaqasimonlar, mollyuska va boshqa umurtqasiz suv hayvonlari;
(b) 3002-tovar pozitsiyasidagi mikroorganizm kulturalari va boshqa mahsulotlar; va
(v) 9508-tovar pozitsiyasidagi hayvonlar.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.